Madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish markazi ustavi tasdiqlandi
Jamiyat
−
18 iyul 2019
3452Joriy yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari va san’at ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi ustavi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Markazning asosiy vazifasi madaniy meros ob’ektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Shuningdek, Markaz madaniy meros ashyolari bilan loyiha, restavratsiya, ta’mirlash ishlari va boshqa ishlar ustidan nazorat qiladi va texnik tekshirishni amalga oshiradi.
Hujjat bilan Markazning huquq va majburiyatlari, moliyalashtirish manbalari belgilab berildi.
Markaz direktori madaniyat vaziri bilan kelishib Jamg‘arma ijrochi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
LiveBarchasi