“Madam Tyusso” muzeyida Mbappening “egizagi” taqdim etildi (video)

Sport

image

PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe “Madam Tyusso” muzeyining Berlindagi filiali uchun mumdan yasalgan haykalini ochib berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

25 yoshli futbolchi Parijdagi taqdimot marosimiga oilasi bilan bordi va o‘zining mumdan ishlangan haykalini ko‘rib hayratda qoldi.

“U o‘zimdan ko‘ra ko‘proq menga o‘xshaydi. Aql bovar qilmaydigan darajada. Ajoyib! Bu haqiqatdan ham menman”, deydi Mbappe.

Yaqin kunlarda bu figura Madam Tyusso Berlinga yetkaziladi va u yerda Lionel Messi, Manuel Noyer, Oliver Kann, Frans Bekkenbauer, Yurgen Klinsmann va boshqa mashhur futbolchilarning mum nusxalari qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, Mbappe bir oydan keyin Yevro-2024 da ishtirok etishi kerak bo‘lgan Fransiya terma jamoasi sardori hisoblanadi. Turnir Germaniyada 14 iyundan 14 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Fransiya guruh bosqichida Avstriya, Niderlandiya va Polsha bilan o‘ynaydi.

Qayd etish joiz, o‘tgan hafta Mbappe 2017 yildan beri o‘ynab kelayotgan PSJni tark etishini e’lon qildi. Fransiyalik futbolchi kelayotgan yozda “Real” futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Berlin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing