“Madad”ga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Madad” nodavlat notijorat muassasasi ijrochi direktorligiga To‘lqin Tursunov tayinlandi. 

Ta’kidlash kerakki, "Madad" nodavlat notijorat muassasasi Adliya vazirligining taklifiga asosan shu yilning 6 sentyabr kuni Hukumat qarori bilan tashkil etilgan edi.

Muassasaning asosiy maqsadi aholiga beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

“Madad”ning asosiy vazifalari:

•    fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatadi;

•    fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy sohadagi o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish uchun ko‘ngillilarni jalb etadi;

•    fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib boradi, tahlil natijasi bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

•    aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullar, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini amaliyotga tatbiq etadi;   

"Advice.uz" (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalini muntazam ravishda yuritadi va yangilab boradi.

Muassasa respublikaning 14 ta hududidagi bo‘linmalari, shu bilan birga, tuman (shahar)larda faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan huquqiy maslahat byurolari orqali xizmat ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi "Madad"

Baholaganlar

9

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing