Ma’nosiz kelishuv: MYU Pogbani saqlab qolmoqchi
Sport
−
11 dekabr 2021
2681“Manchester Yunayted” yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, klub joriy yilning iyul oyida fransiyalik futbolchiga taklif bilan chiqqan. Shunga qaramay, 28 yoshli yarim himoyachi o‘z kelajagi borasida hali qaror qabul qilgani yo‘q. 2022 yilning yozida uning MYU bilan amaldagi rasmiy shartnomasi yakuniga etadi.
“Qizil iblislar” bosh murabbiyi Ralf Rangnik Pogbaning kelajagi haqida fikr bildirib, o‘ynashni istamaydigan odamni ishontirishdan ma’no yo‘q ekanini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rangnik 36 yoshli Krishtianu Ronalduning imkoniyatlarini yuqori baholagan.
Ma’lumot uchun, bundan avval Rangnik Moskvaning “Lokomotiv” klubida sport va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. Joriy yilning noyabr oyida mankunianliklar matbuot xizmati germaniyalik mutaxassisni joriy mavsum oxirigacha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini malum qilgan edi.
LiveBarchasi