“Ma’naviyat ekspertizasi” senzuraning yangi turimi?
Jamiyat
−
12 noyabr
2258Avvalroq, O‘zbekistonda endilikda mediamahsulotlar axloqsizlikni targ‘ib qilmasligi uchun “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazilishi, hozirga qadar ma’naviy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangani xabar qilingandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda “Ma’naviyat ekspertizasi” loyihasi yo‘lga qo‘yilayotgani faol jamoatchilik vakillari tomonidan muhokama qilindi va ayrim e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Bu holatga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur loyiha bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va o‘sib kelayotgan avlodning ongiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mediamahsulotlar tarqatilishini oldini olishga qaratilgan.
“Alohida ta’kidlash lozimki, ushbu loyiha mediakontentlarning yoshlar, ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga ta’siridan xavotirlangan ota-onalar, ziyolilar, shuningdek, keng jamoatchilik so‘rovi, talab va tashabbuslari asosida joriy qilinmoqda”, deyilgan munosabatda.
Shuningdek, “Ma’naviyat ekspertizasi” loyihasi mediamahsulotlarga senzura qo‘ymasligi ta’kidlangan. Bildirilishicha, ekspertlarning faoliyati media kontent ishlab chiquvchilar, ijodiy guruhlar va badiiy kengashlar uchun tavsiyaviy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
“Bunda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, ijodkorlar, blogerlarning ijod erkinligiga daxl qilinmaydi”, deyiladi munosabatda.
LiveBarchasi