Telegram senzurani aylanib o‘tish uchun protokolni yangiladi

Texnologiya

image

Telegram senzurani aylanib o‘tish uchun o‘z protokolini yangiladi. Bu haqda messenjer asoschisi va egasi Pavel Durov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bloklashlarga qarshi turishning yangi texnologiyalari joriy etilgan. Pavel Durov Rossiyadagi foydalanuvchilarga cheklovlar sharoitida ham servisdan foydalanish imkoniyatini saqlab qolish uchun ilovani yangilashni tavsiya qilgan. Uning aytishicha, taqiqlarga qaramay, foydalanuvchilarning “raqamli qarshiligi” tufayli Rossiya Federatsiyasida Telegram’dan foydalanish barqarorligicha qolmoqda.

“Ko‘pchilik odamlar allaqachon shunday qilayotganini ko‘rishdan xursandman. Ushbu raqamli qarshilik tufayli to‘liq taqiqlanganiga qaramay, o‘tgan hafta davomida Rossiyada Telegram’dan foydalanish ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lib qoldi”, deydi messenjer asoschisi.

Shuningdek, u trafikni aniqlash va bloklashni qiyinlashtirish uchun messenjer detsentralizatsiya qilingan (markazlashmagan) texnologiyalarni rivojlantirishda davom etishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada hukumatning Telegram’ni bloklash rejasi keng muhokama qilinmoqda. “Roskomnadzor” bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan, lekin inkor ham etgani yo‘q. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning guvohlik berishicha, mamlakatning deyarli barcha hududlarida, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida ham messenjer ishlamayapti yoki katta uzilishlar bilan ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram tsenzura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing