Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda qo‘shiladi
Jamiyat
−
30 dekabr 2019
10624O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan Qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Loyihaga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks quyidagi mazmundagi 197-5-modda bilan to‘ldiriladi:
“197-5-modda. Ta’lim muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
Ta’lim muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish - fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
LiveBarchasi