Toshkentda Lacetti haydovchisi taqiqlangan modda bilan ushlandi

3-sahifa

image

Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrida Lacetti rusumli mashinaning salonidan taqiqlangan modda topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea tonggi soat 02:00 larda Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Tuman xizmatiga jalb qilingan YPX inspektori serjant R.G‘ovurov va  Kinologiya safdor xodimi K.O‘rolovlar tomonidan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda haydovchi M.K. ismli shaxsning ko‘rinishi va xatti-harakatlari, xodimlarda shubha uyg‘otgan. Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina salonidan jigar rangli, o‘tkir hidli mumsimon modda topilgan.

“Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi hamda aniqlangan modda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Damas haydovchisining paypog‘idan psixotrop modda topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

modda Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made