Ma’muriy sudlar 13 ta advokatlik litsenziyasini tugatishga qaror chiqardi
Jamiyat
−
04 fevral
26982024 yilda ma’muriy sudlar tomonidan 13 ta advokatlik litsenziyasi tugatildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ma’muriy sudlar tomonidan 2024 yilda birinchi instansiyada advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish hamda tugatishga oid 95 ta ish ko‘rib chiqilgan. Buning natijasida 50 ta advokatlik litsenziyasini to‘xtatib turish va 13 ta advokatlik litsenziyasini tugatish haqida qarorlar chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 6 991 ta ish ko‘rib chiqilgani, xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 2 720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


