Mahmud Murodovning yangi jangi sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangini shu yil 4 may kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

O‘sha kuni Murodov Braziliyada o‘tkaziladigan UFC 301 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi. Hozircha 34 yoshli jangchining raqibi noma’lum.

Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik jangchi oxirgi marta fevral oyida rossiyalik Aliasxab Hizriyevga qarshi bahs olib borgandi. Jang 11-soniyadayoq to‘xtatildi va o‘tkazilmagan, deb qayd etildi, chunki Hizriyev bahs davom etayotgan bir pallada Murodovning ko‘ziga qo‘lini tiqib oldi va o‘zbekistonlik jangchi bahsni davom ettirolmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murodov UFC bilan 4 ta jang bo‘yicha yangi shartnoma tuzgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Mahmud Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing