Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi joriy yilning oktyabr oyida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. 

Sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, Murodov 22 oktyabr kuni o‘tkaziladigan UFC 280 musobaqasida Braziliyalik Kayo Borralo bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov 3 sentyabr kuni Parijda o‘tadigan UFC kechasida oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq hujjatlar bilan bog‘liq muammo tufayli uning jangi bekor qilindi. Parijda sportchi rossiyalik Abusufyon Magomedovga qarshi jang qilishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, UFC 280 musobaqasining markaziy uchrashuvida rossiyalik Islom Maxachev va braziliyalik Charlz Oliveyra o‘rtasida bo‘ladi. Bu jang g‘olibi yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi.

Shuningdek, UFC 280 da yengil vazndagi rossiyalik jangchi Zubayra Tuxugov ham oktagonga chiqadi. U braziliyalik Lukas Almeyda bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov

Baholaganlar

1001

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing