Murodovning chempionlik jangi uchun promo-rolik e’lon qilindi (video)
Sport
−
09 aprel 7093 1 daqiqa
Shu yilning 14 iyun sanasida bo‘lib o‘tadigan “Oktagon 72” turnirida oktagonga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov va chexiyalik Patrik Kinsl ishtirokida rasmiy promo-rolik namoyish etildi.
Manbaga ko‘ra, jang o‘rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etiladi. Videoda esa Patrik Kinsl chempionlik jangiga raqib izlayotgani va yakunda Mahmud Murodov bilan yuzma-yuz ko‘rishgani tasvirlangan.
Ma’lumot o‘rnida, 35 yoshli Mahmud Murodov faoliyati davomida hozirga qadar 36 ta jang o‘tkazib, 28 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat qayd etgan. Patrik Kinsl hisobida esa 28 g‘alaba va 11 ta mag‘lubiyat bor.
Live
Barchasi