Mahmud Murodovning raqibi o‘zgardi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Germaniyada bo‘lib o‘tadigan turnirda Yasubey Enamotoga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda “Oktagon MMA” promoushen matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shu yilning 8 mart kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida joylashgan "Hanns-Martin-Schleyer-Halle" majmuasida tashkil etiladigan “Oktagon 68” turnirida Mahmudga braziliyalik Joilton Lutterbax raqib bo‘lishi kerak edi. Lekin Lutterbax jarohat oldi va jangda qatnasha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Endilikda Mahmud Murodov o‘sha kuni shveysariyalik Yasubey Enomotoga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Mahmud Murodov faoliyati davomida 36 ta jang o‘tkazgan va shundan 27 g‘alaba 8 mag‘lubiyat qayd etgan. Yana bir jangi natijasi bekor qilingan. 41 yoshli Enomoto esa 38 ta jang o‘tkazgan. Shundan 23 ta g‘alaba va 15 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov MMA Oktagon MMA Oktagon 68 Yasubey Enomoto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing