Mahmud Murodovning UFC'dan ketishi sabablari ochiqlandi
Sport
−
07 may
42256O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov oxirgi janglarini bekor qilgani bois tashkilotdan chetlatilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, promoushen tomonidan Murodovga beriladigan gonorar tashkilotning ko‘p yillik a’zolariga va mashhur jangchilarga to‘lanadi. Oxirgi paytlarda Murodov mashhurroq jangchilarga qarshi bahslarni turli sabablarga ko‘ra bekor qilavergani bois, tashkilot uni a’zolikdan chetlatgan, biroq Murodov promoushenda yaxshigina nomga ega bo‘lgani uchun keyinchalik UFC uni yana o‘z jangchilari qatoriga qo‘shishi mumkin.
Qayd etilishicha, Murodov keyinchalik yana UFC'ga qabul qilinsa, uning gonorari hozirgiday mo‘maygina bo‘lmasligi ehtimoli yuqori, chunki tashkilot unga dastlab nomdor sportchilarga qarshi jang bermasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Mahmud Murodov 2019 yilda UFC'ga qo‘shilgan. U tashkilotda jami 7 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlardan 4 tasida g‘alaba qozongan, 2 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan. Murodov ishtirokidagi 1 ta jang esa o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.