Mahmud Murodov O‘zbekiston armiyasi safiga qo‘shildi

Sport 30830
image
-

UFC jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston Respulikasi Qurolli Kuchlari safiga qo‘shildi. Bu haqda sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Mahmud Murodov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safiga kirish uchun qasamyod qilgan.

“O‘zbekiston Respublikasiga va Prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilaman!”, deya yozgan Murodov o‘zining Instagram'dagi rasmiy sahifasida.

Avvalroq, 32 yoshli jangchi UFC'dagi navbatdagi jangini joriy yilning 22 oktyabr kuni braziliyalik Kayo Borraloga qarshi o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Murodov MMA'dagi faoliyati davomida 32 ta jangda oktagonga ko‘tarilgan bo‘lib, ulardan 25 tasida zafar quchgan va 7 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan.  U 2019 yilning 28 sentyabrida MMA olamidagi eng mashhur promoushen bo‘lgan UFC'da debyut jangini o‘tkazdi. Hozirgacha, Mahmud Murodov UFC'da 4 ta jangda ishtirok etib, 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma’ruf Abdumalikov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1642
Reyting: 3
t
×