Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Sport

image
“O‘zim qoralagan ko‘p ishlarni qildim” – Diyora Usmonova nega Botir Rahimovni tanlaganini aytdi north_east

“O‘zim qoralagan ko‘p ishlarni qildim” – Diyora Usmonova nega Botir Rahimovni tanlaganini aytdi

Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasidagi o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) UFC’dagi ikkinchi jangi bo‘yicha shartnoma imzoladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Mahmud Murodov MMA’ning eng nufuzli turniri bo‘lgan UFC’dagi ikkinchi jangini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Hozircha jang qachon bo‘lib o‘tishi aniq emas. Manbalarga ko‘ra, bu UFC kechasi 2020 yilning boshida bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak raqib haqida ham tez orada ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov UFC’dagi debyut jangini 28 sentyabr kuni o‘tkazgandi. Daniya poytaxti Kopenhagenda UFC Fight Night 160 turniri doirasida u italiyalik Alessio di Kirikoga (12-4, 9 KO) qarshi oktagonga chiqib, uch raund yakunlariga ko‘ra, ochkolar hisobida g‘alaba qozongandi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Mahmud Murldov UFC bilan to‘rtta jangga shartnoma imzolagan. Jangdagi natijalarga qarab bu muddat yana uzaytirilishi mumkin bo‘ladi. U mazkur nufuzli turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixda qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing