Mahmud Murodov navbatdagi jangi yuzasidan muzokara boshladi

Sport

image

O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradovning menejer va promouterlari Murodovning ikkinchi jangi bo‘yicha UFC tashkiloti bilan muzokara boshladi.

“Reja bo‘yicha yanvar yoki fevral oyida UFCdagi ikkinchi jangim bo‘lib o‘tadi. Bu bo‘yicha menejerlarim UFC bilan muzokara boshlashdi. Yaqin kunlarda yangilik bo‘lib qolishi kerak”, deydi Murodov. 

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov UFCdagi debyut jangida italiyalik Alessio Di Chirikoga qarshi oktagonga ko‘tarilib, raqibini 29:28, 29:28, 29:28 hisobida mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov ikkinchi jangi muzokara boshladi

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing