Mahmud Murodov ertaga UFC’dagi 4-jangini o‘tkazadi

Sport

image

Ertaga, 29 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahrida “UFC Vegas 35” turnirining asosiy kardida o‘zbekistonlik Mahmud Murodov UFC’dagi 4-jangini o‘tkazadi.  

Murodov belgilangan vazn me’yorini bajardi. Uning raqibi AQSH vakili Jerald Myorshart bo‘ladi. Mahmud Murodov bunga qadar UFCda 3 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 

Shuningdek, ushbu kechaning markaziy jangi yarim yengil vazn toifasi reytingida 9-o‘rinda borayotgan braziliyalik Edson Barboza hamda 10-pog‘onani egallab turgan Gruziya vakili Giga Chikadze o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Asosiy kardning barcha juftliklari:

Yarim yengil vazn 

Edson Barboza (Braziliya) vs Giga Chikadze (Gruziya)

O‘rta vazn

Brayn Battl (AQSH) vs Gilbert Urina (AQSH)

Yengil vazn toifasi

Rikki Tursios (AQSH)  vs Bredi Xaystend (AQSH)

Yarim o‘rta vazn 

Kevin Li (AQSH) vs Daniel Rodriges (AQSH)

O‘rta vazn toifasi 

Andre Petroski (AQSH) vs Maykl Gillmor (AQSH)

O‘rta vazn toifasi

Mahmud Muradov (O‘zbekiston) vs Jerald Myorshart (AQSH)

Ma’lumot uchun, “UFC Vegas 35” turniri ertaga, 29 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov UFC Vegas 35

Baholaganlar

598

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing