Mahmud Abbos Falastinning yangi hukumatini tasdiqladi

Olam

image

Falastinning yangi Bosh vaziri Muhammad Mustafo Prezident Mahmud Abbosga o‘z kabinetini taqdim etdi. Bu haqda Falastinning WAFA agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh vazir Mustafo Abbosga 23 vazirdan iborat 19-vazirlar kengashi va hukumatning harakat dasturini taqdim etgan. Mahmud Abbos o‘zi chiqargan farmonga muvofiq hukumat ro‘yxatini tasdiqlagan.

Bosh vazir Mustafo Tashqi ishlar vaziri lavozimini ham egallagan hukumat 31 mart kuni Prezident oldida qasamyod qilgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlaydi.

Manbaga ko‘ra, hukumat dasturi “G‘azo aholisiga gumanitar va favqulodda yordam ko‘rsatish bo‘yicha keng qamrovli rejani ishlab chiqish, G‘azo va G‘arbiy Sohilni qayta qurish hamda iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish”ni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, dastur institutsional islohot, institutlarni qayta qurish va mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamli transformatsiya, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, sud tizimini mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Falastinning sobiq bosh vaziri Muhammad Shtaye o‘z hukumati iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi. Mart oyi o‘rtalarida Mahmud Abbos Falastin sarmoya fondi raisi Muhammad Mustafoni yangi Bosh vazir etib tayinladi


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Mahmud Abbos Muhammad Mustafo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing