Mahmud Abbos 18 yildan so‘ng ilk bor Damashqqa bordi (video)

Olam

image
Mahmud Abbos vafot etsa, uning o‘rnini kim egallashini ma’lum qildi north_east

Mahmud Abbos vafot etsa, uning o‘rnini kim egallashini ma’lum qildi

Kecha, 18 aprel kuni Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos so‘nggi 18 yil ichida ilk bor Suriya poytaxti Damashqqa rasmiy tashrif bilan bordi. Bu haqda “Kan-11” xabar berdi.

Mahmud Abbosning barcha xalqaro tashriflari Iordaniyaning Amman shahri orqali amalga oshiriladi. U yerga uni Iordaniya harbiy vertolyotlari yetkazadi. Falastin ma’muriyati doirasidagi manbalarga ko‘ra, biroq bu safar Isroil armiyasi siyosiy rahbariyat ko‘rsatmasi bilan Iordaniya vertolyotlariga Isroil havo hududidan o‘tishga ruxsat berilmagan.

OAVga ko‘ra, Ramalloh arab davlatlari bilan keskin muzokaralar olib borgan va nihoyat Abbosning Ramallohdan Amman va Damashqqa borish yo‘nalishi kelishilgan. U avtomobil bilan Allenbi chegara punktigacha borgan, so‘ng Damashqqa vertolyotda uchib ketgan.

Bu Mahmud Abbosning xorijiy tashriflari tarixida ilk bor ro‘y berayotgan holat. Ramallohdagi manbalar Isroilning “Falastin ichki ishlariga aralashuvi”dan xavotir bildirgan va Isroil hukumatidagi “ayrim kuchlarning” Falastin rahbariyatining harakatlariga cheklovlar qo‘yishga urinayotganini tanqid qilgan.

Yakunda Abbos baribir Damashqqa yetib borgan. Bu uning 18 yildan beri Suriyaga ilk tashrifi sifatida qayd etildi. Tashrif davomida u Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan matbuot uchun yopiq uchrashuv o‘tkazgan. Ular bungacha Misr poytaxti Qohirada bo‘lib o‘tgan Arab davlatlari ligasi sammiti doirasida ham ko‘rishgan va G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Falastin Mahmud Abbos Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing