Mahmud Abbos vafot etsa, uning o‘rnini kim egallashini ma’lum qildi

Olam

image

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos iste’foga chiqqan, vafot etgan yoki qobiliyatsiz bo‘lgan taqdirda hokimiyatni topshirishni belgilab beruvchi konstitutsiyaviy deklaratsiyani e’lon qildi. Hujjat Falastinning WAFA axborot agentligi tomonidan tarqatildi.

Deklaratsiya matniga ko‘ra, bundan buyon “agar Falastin Prezidenti lavozimi bo‘sh bo‘lsa”, uni Falastin Milliy kengashi (parlamenti) rahbari egallashi kerak bo‘ladi. Hozirda bu lavozimni Fath harakati vakili Ruhi Fattux egallab turibdi. Hujjatga ko‘ra, agar kerak bo‘lsa, aynan u 90 kun davomida Falastin prezidenti vazifasini bajaradi – shundan so‘ng prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi kerak. Farmonda, shuningdek, fors-major holatlari muddatini, “agar biron sababga ko‘ra davlat rahbari saylovini o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa”, yana 90 kunga bir marta uzaytirish ko‘zda tutilgan.

“Bu qaror Falastin xalqi hozir boshdan kechirayotgan inqirozni yengib o‘tish hamda Falastin juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir paytda siyosiy barqarorlikni saqlab qolish istagidan kelib chiqqan holda qabul qilindi”, deyiladi deklaratsiyada.

1995 yilda qabul qilingan Falastin saylovlari to‘g‘risidagi qonunning 90.1-moddasiga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari iste’foga chiqqan, vafot etgan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda Prezident lavozimi bo‘sh hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Falastin Mahmud Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing