Mahkumlarga posilka va banderollar yetkazib berishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalariga posilka va banderol kiritishga ruxsat berildi. Bu haqda IIV JIEBB ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jazoni ijro etish tizimida koronavirus infeksiyasini tarqalib ketilishini oldini olish borasidagi tadbirlarni kuchaytirish bilan birga, jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonlarida saqlanayotgan maxsus kontingentning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlashni taqozo etmoqda.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi talabalari hamda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan maxsus kontingentning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida tizimdagi barcha jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan maxsus kontingentning qarindoshlari tomonidan yuborilayotgan posilka va banderol faqatgina pochta xizmatlari orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz”, deyiladi bosh boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 6 maydagi yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilning 8 may kunidan boshlab Respublika hududi 3 toifaga (qizil, sariq, yashil) bo‘linib, karantin bo‘yicha cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilandi.

Bundan tashqari, maxsus komissiya qaroriga binoan mamlakatda karantin rejimi 1 iyungacha uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

qamoqxona karantin

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing