Jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar bilan uzoq muddatli uchrashuvlar vaqti uzaytirildi
Jamiyat
−
13 yanvar 2021
8177Jazoni ijro etish koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatga uchrashish uchun beriladigan muddat uzaytirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 14 noyabr kunidan jazoni ijro etish koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan, karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda, faqatgina bir sutka davomida uzoq muddatli uchrashuv berilishi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Bugungi kunga qadar bir sutkali uchrashuv berilishi davomida, koronavirus infeksiyasi kasalligi alomatlari jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar va ularning yaqinlaridan aniqlanmaganligini inobatga olib, uchrashuvlarni uch sutkaga uzaytirish belgilandi.
Ta’kidlanishicha, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyalari olingan.
Unda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari uzoq muddatli uchrashuv berish tavsiya etilgan.
Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan 6 yoshdan oshgan farzandlari) uchrashuvga 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.
“Shu o‘rinda uzoq muddatli uchrashuv so‘rab murojaat qilganlarning barchasiga bir vaqtning o‘zida uchrashuv berish imkoniyati mavjud emasligini eslatib o‘tmoqchimiz.
Shundan kelib chiqqan holda, jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolarni uchrashuvga kirish ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha dolzarb aloqa tarmoqlari tashkil etildi”, deyiladi xabarda.
Fuqarolar soat 9:00 dan 18:00 gacha (dam olish kunlaridan tashqari) mazkur dolzarb aloqa tarmoqlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bog‘lanish uchun jazoni ijro etish koloniyalarining dolzarb aloqa raqamlari:
• 1-son jazoni ijro etish koloniyasi – 365-220-70-02
• 2-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-00-82
• 3-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-10-61
• 4-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-224-77-81
• 5-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-555-23-65
• 6-son jazoni ijro etish koloniyasi – 69-434-42-33
• 7-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-169-64-13
• 10-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-506-64-51
• 11-son jazoni ijro etish koloniyasi – 78-770-37-34, 95-603-49-07
• 12-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-572-55-85
• 13-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-717-08-50
• 14-son jazoni ijro etish koloniyasi – 99-842-41-24
• 17-son jazoni ijro etish koloniyasi – 94-545-21-81
• 20-son jazoni ijro etish koloniyasi – 65-522-22-10
• 21-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-975-85-65
• 22-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-202-38-52
• 24-son tarbiya koloniyasi – 70-202-37-51
“Ushbu dolzarb aloqa raqamlari orqali bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan hollarda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 71-291-69-75 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Dolzarb aloqa tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar uchrashuvga kiritilmasligini ma’lum qilamiz.
Unutmang! Uchrashuvlar uchun o‘rnatilayotgan mazkur talablar Siz va yaqinlaringiz sog‘ligini asrashga qaratilgandir”, deyiladi JIEBB xabarida.
LiveBarchasi