Hokimlarning uy-joy bo‘yicha vakolati kamayadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”ni qonun loyihasi joylashtirildi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan Uy-joy kodeksining 15-moddasidagi (Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish) “hokimlarining qaroriga” degan so‘zlar “qurilish bo‘limlarining ruxsatnomasiga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

15-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, yashash uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtiradi, davlat boshqaruvi organlari ushbu qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi hamda ushbu qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim uy-joy

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing