Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
03 iyul 2020
10325O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 iyuldagi qaroriga asosan Gulnora Mahmudovna Marufova O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bu lavozimda Elmira Bositxonovaning o‘rinin to‘ldirdi.
Ma’lumot uchun, Gulnora Marufova 1957 yil 26 aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2004 yildan 2020 yilning fevral oyiga qadar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2020 yilning fevral oyidan shu vaqtga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimda ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Elmira Bositxonova Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.