Mahalla raisining o‘limi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tuman hokimligidagi majlisda mahalla raisi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, mazkur majlis Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etilgan. 

Unda ushbu vazirlik rahbari ham, tuman hokimi ham qatnashmagani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yangi Sebzor” MFYning 65 yoshli raisi M.Sh.da oilaviy muammolar bo‘lgan. 

Majlis boshlanganida u o‘zini tuta olmasdan yiqilgan va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniga qadar M.Sh.ning joni uzilgani aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ushbu holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmazor rais bandlik vazirligi Majlis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing