Mahalla raising pora olsa, dodingni kimga aytasan

Jamiyat

image

Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro tumani "S" MFY raisi A.E. egallab turgan xizmat mavqeidan foydalanib, MFY mutaxassisi L.A. bilan oldindan til biriktirib, "J.Sh." fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi J.B.ni uning fermer xo‘jaligi ekspert rejasini bajarmasa, unga ajratilgan yer maydonlarini olib qo‘yilishi haqida aytib, ekspert bo‘yicha rejasini Buxoro tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali bajartirib berish evaziga 800 AQSH dollari talab qilib, MFY mutaxassisi L.A. orqali 600 AQSH dollari va 1,9 million so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan "S" MFY raisi A.E. va mutaxassis L.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pora AQSh dollari

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing