Mahalla raisi sudda Toshkent shahar hokimini yutib chiqdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Chilonzor tuman ma’muriy sudi sobiq Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning qarorini bekor qildi. 

Gap shundaki, Chilonzor tuman ma’muriy sudiga “Hayrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshkent shahar hokimiyati mansabdor shaxsi tomonidan chiqarilgan qarorni haqiqiy emas, deb topish bo‘yicha shikoyat-ariza bilan murojaat qildi. Sud majlisida o‘rganishlar asosida quyidagilar aniqlangan:

“Hayrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini 50 yildan buyon hududdagi 3-tor Hayrabod ko‘chasi, 13-manzilda joylashgan “Otalar choyxonasi” binosidan foydalanib kelgan. Toshkent shahar Yer resurslari va mulk kadastri xizmati davlat korxonasining arxiv hujjatlariga ko‘ra 995 kv metr maydonida joylashgan binoning 555kv metr qismi “Hayrabod” MFY nomiga kadastr hujjatlari bilan rasmiylashtirilgan.

Biroq 23.05.2017 yilda Toshkent shahar hokimining 630-sonli qarori asosida ushbu binoning huquqiy holati aniqlanmasdan, o‘rnatilgan tartibda egasiz deb topilib, davlat tasarrufiga qabul qilinmasdan qonunga zid ravishda “XALOL SUT MAZASI” MCHJga ajratib berilgan. 

Sud qonun talablari va aniqlangan holatlardan kelib chiqib, “Hayrabod” mahalla fuqarolar yig‘inining shikoyat-arizasini asosli, deb hisobladi hamda Toshkent shahar hokimining yuqorida qayd etilgan qarorini haqiqiy emas deb topdi. 

Rahmonbek Usmonov va u bilan bir davrda faoliyat yuritgan ayrim tuman hokimlarining adolatsiz, ko‘zbo‘yamachilik asosida qabul qilgan qarorlari talaygina. Sobiq Yunusobod tumani hokim Abdusamatovning qaroriga ishonib, chuv tushganlardan biri tadbirkor Mamlakat Azimova. O‘shanda bu ishlarga Rahmonbek Usmonov bosh-qosh bo‘lgani iddao qilinadi. Ushbu voqeani batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimiyati

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing