Mahalla raislari homiylik xayriyalarini “tanish-bilish” qilayaptimi? Vazirlik keskin izoh berdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 aprel kuni AOKA shtabida Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi Axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ushbu brifingda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlardan birida homiylik xayriyalari mahalla raislariga tanish yoki qarindosh bo‘lgan oilalarga berilayotgani haqida so‘z boradi.

“Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasiga COVID-19 pandimiyasidan jabr ko‘rgan aholiga, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni yetkazishga ko‘maklashish maqsadida joriy etildi.

Mahalla raislarining qarindoshlari va tanishlariga yordam ko‘rsatilmoqda, degan e’tirozni qabul qila olmaymiz. Bugun mamlakatimiz sinovli kunlarni boshdan kechirmoqda. Shunday og‘ir kunda tanish-bilishchilik, ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga tizimda o‘rin yo‘q!”, dedi Saodat Boymirzayeva. 

Ta’kidlanishicha, bu haqida mahalla raislari hududiy boshqarmalar orqali Vazir tomonidan deyarli har kuni ogohlantirilmoqda.

“Agar shunday holatlar kuzatiladigan bo‘lsa, vazirlikka xabar qilishingizni so‘raymiz!”, dedi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi Axborot xizmati rahbari. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir hududdan 5 nafar mas’ulning telefon raqami vazirlikning Telegram’dagi Asl kuch birlikda nomli rasmiy kanali orqali e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

mahalla homiylik

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made