Toshkentda 26 ta mahalla avtobus orqali metropoliten bilan bog‘lanadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishlari ochilib metropoliten yo‘nalishlari bilan bog‘lanadi. Bu haqda shahar Transport boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ulardan ilk avtobus yo‘nalish harakati joriy yilning iyul oyidan  yo‘lga qo‘yilib, Yunusobod tumanining jamoat transporti yetib bormagan  Tiklanish, Hasanboy va Hamkorobod mahallalari orqali Holis, Nurmakon, Yuqori Qoraqamish, Moyqo‘rg‘on, Axmad Donish ko‘chalaridan Yunusobod metrosigacha harakatlanadi. 

Yangi tashkil etiladigan  yo‘nalishda  3 ta avtobus  harakatlanib, ularning oraliq intervali 12-13 daqiqani tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus mahalla

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing