Myanmaning 76 yoshli sobiq rahbari 100 yilga qamalishi mumkin

Olam

image

Joriy yilning 1 fevralidagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng hibsga olingan Myanmaning sobiq rahbari Aun San Su Chji agar sud unga qo‘yilgan barcha ayblarni tasdiqlasa, jami 100 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda TASS xabar bermoqda

Qayd etilishicha, kecha, 30 noyabr kuni Aun San Su Chjiga korrupsiya ayblovi qo‘yilgan va unga nisbatan hukm o‘qilishi kutilgan, biroq sud hech qanday izohsiz 6 dekabrga qoldirilgan.

Ta’kidlanishicha, 76 yoshli Aun San Su Chjiga hozirda 10 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Xususan, Myanma Britaniya mustamlakasi bo‘lgan yillarda qabul qilingan davlat sirlarini oshkor etmaslik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun ham sobiq rahbarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblovlarning asosiy qismi korrupsiya hamda vertolyot sotib olishda davlat mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Qolaversa, Aun San Su Chji 600 ming dollar pora va tilla taqinchoqlarni olganlikda ham ayblanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Aun San Su Chji davlat maslahatchisi sifatida Myanma fuqarolik hukumatini boshqargan. U mamlakatda joriy yilning 1 fevralida sodir bo‘lgan harbiy to‘ntarish oqibatida hibsga olingan. Shundan so‘ng, harbiy qo‘mondonlik favqulodda holat e’lon qilgan va fuqarolik hukumatini 2020 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan umumiy parlament saylovlari natijalarini soxtalashtirishda ayblab, hokimiyatdan ag‘dargan.


Maqola muallifi

Teglar

qamoq

Baholaganlar

333

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing