Myanmadagi dahshatli zilzilada 144 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Myanmadagi zilzila oqibatida kamida 144 kishi halok bo‘ldi, 732 kishi jarohatlandi. Bu haqda MRTV mahalliy telekanali xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, vayronagarchiliklar butun mamlakat bo‘ylab qayd etilgan.

Myanma poytaxti Neypido aeroportida havo harakatini boshqarish minorasi qulab tushgan.

“Uylar butunlay vayron bo‘ldi. Beton qoplama yorilib ketib, yer ko‘rinib qoldi. Ba’zi joylari butunlay singan. Samolyotlar endi ucha olmaydi va qo‘na olmaydi. Aeroportni yopishga to‘g‘ri keladi”, deyiladi xabarda.

Myanma harbiy hokimiyati vakilining aytishicha, mamlakat xalqaro hamjamiyatning gumanitar yordamiga muhtoj.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 mart kuni Tailand va Myanmada zilzila sodir bo‘ldi. 7,7 magnitudali birinchi silkinish Myanmaning Sikayn shahridan 16 km uzoqlikda, 10 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Bir necha daqiqadan so‘ng 6,9 magnitudali yana bir zilzila qayd etilgan. Tailand shimolida sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi 4,2 ni tashkil etgan. Bundan tashqari, silkinishlar Xitoyning ayrim hududlarida ham sezilgan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila M'yanma Neyp'ido

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing