Myanmada yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 29 mart kuni Myanmada 5,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila epitsentri poytaxtdan 19 km janubi-g‘arbda joylashgan. Jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot berilmagan. Ko‘plab odamlar allaqachon uy-joylaridan ayrilgan. Silkinishlar 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, shaharda 5,5-5,7 magnitudali zilzilalar to‘rt kundan olti-yetti kungacha davom etishi mumkin.

28 mart kuni ertalab Myanma hududida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Myanmadagi zilzila oqibatida Iravadi daryosi ustidagi ko‘prik qulab tushdi, Mandalay tarixiy saroyi qisman vayron bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Myanmadagi zilzila oqibatida 1000 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Silkinishlar Xitoy, Tailand va Vetnamda sezilgan. Bangkokda qurilayotgan bino qulab tushgan, 10 kishi halok bo‘lgani va kamida 50 kishi jarohatlangani ma’lum. Tailand hukumati mamlakat poytaxtida favqulodda holat rejimini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila M'yanma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing