Merilin Monroning portreti $195 mlnga sotildi 

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik rassom Endi Uorxol tomonidan 1960-yillarda yaratilgan aktrisa Merilin Monroning portretlari seriyasidan biri Christieʼs auksionida 195 million dollarga sotildi. 

“Moviy Merilin” (“Shot Sage Blue Marilyn”) nomi bilan tanilgan rasm XX asrda yaratilgan san’at asarlari uchun narxlar bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Savdo tashkilotchilari lotning yakuniy narxi 200 million dollar atrofida bo‘lishini kutgan. 

Ta’kidlanishicha, art-diler Larri Gagosyan kartinaning yangi egasiga aylangan. 

“Moviy Merilin” kimoshdi savdosiga shveysariyalik kolleksiyachilar, Thomas Ammann Fine Art galereyasi asoschilari Tomas va Doris Ammann tomonidan qo‘yilgan. Ular savdodan tushgan barcha mablag‘ni xayriya ishlariga o‘tkazishni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing