“Lyube” guruhining konsertida mast odamlar janjal ko‘tardi
Madaniyat-san’at
−
28 noyabr 2023
5010Rossiyaning Kemerovo shahrida bo‘lib o‘tgan “Lyube” guruhining konsertida mast tomoshabinlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik xonandaning konserti vaqtida mushtlashuv yuz bergani aks etgan videolar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, alkogol ta’sirida bo‘lgan bir guruh odamlar “Lyube” guruhining konserti vaqtida janjal ko‘targan. Xavfsizlik xodimlari 15 daqiqa deganda ularni zaldan bazo‘r olib chiqqan.
Tomoshabinlarning so‘zlariga ko‘ra, guruh rahbari Rastorguyev mushtlashuv vaqtida sahna ortiga o‘tib ketgan va janjal bostirilgandan so‘ng, yana konsertni davom ettirgan.
"Nikolay dastlab qo‘shiq aytishni davom ettirmoqchi edi, lekin janjal tinmayotganini ko‘rdi va xotirjamlik bilan sahna orqasiga o‘tib ketdi. Mushtlashganlar olib chiqilgach, tomoshabinlar Nikolayni qarsaklar bilan chaqirdi va u sahnaga qaytib, qo‘shiq aytishni davom ettirdi. U ko‘plab san’atkorlar kabi dovdirab qolmadi. Buning uchun unga va jamoasiga katta hurmat bildiraman”, deydi tomoshabinlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “Humo arena” saroyida xonanda Jah Khalib`ning konsert dasturi chog‘ida tomoshabinlar orasida kelishmovchilik yuz bergandi.