Lyayen davlatlarni gaz bo‘yicha “eng yomon ssenariy”ga tayyor turishga chaqirdi

Olam

image

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berish bilan bog‘liq eng yomon vaziyatga tayyorlanish kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda u bugun, 1 avgust kuni Ispaniyaning “El Mundo” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Biz birdam bo‘lib qolishimiz kerak, chunki bu energiya inqirozi uchun mas’ul bo‘lgan yagona odamlar Moskvada, boshqa joyda emas. Rossiya 12 [Yevropa Ittifoqi] a’zo davlatlariga gaz yetkazib berishni qisman yoki to‘liq to‘xtatib qo‘yganini hisobga olsak, barchamiz eng yomon holatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak”, deydi u. 

Ursula fon der Lyayenning ta’kidlashicha, ba’zi Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘zlarining geografik joylashuvi yoki suveren energetika qarorlari tufayli Rossiya gaziga ko‘proq bog‘liq.

"Ushbu mamlakatlar endi zaifroq holatda",  deydi u, bu mamlakatlarning har birida ta’minot muammolari butun Yevropa uchun zarbaligini urg‘ulab. 

U mamlakatlar iqtisodiyoti yagona bozor orqali bir-biri bilan chambarchas bog‘langanini qo‘shimcha qildi. 

Uning qayd etishicha, hozir Yevropa Ittifoqi ishonchli energetika hamkorlariga murojaat qilmoqda.

“Biz Amerika Qo‘shma Shtatlaridan suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha rekord hajmga erishdik va Norvegiya, Fors ko‘rfazi davlatlari, Jazoir yoki Kaspiy dengizi mintaqasidan hamda dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlardan gaz hajmi ortib bormoqda. 

2022 yilning birinchi yarmida biz Rossiyadan tashqari gaz quvurlari orqali qo‘shimcha 38 milliard kub metr suyultirilgan va gaz import qildik. Bu Rossiya gaz quvuri orqali gaz yetkazib berishning 28 milliard kub metrga qisqarishini qoplaydi”, deydi Lyayen.

YeK rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya boshqa [Yevropa Ittifoqi] a’zo davlatlarga yetarli miqdorda gaz ta’minotini ta’minlashga yordam berish uchun suyultirilgan gaz ta’minotini qayta yo‘naltirishi, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘proq gaz jo‘natish uchun uni Fransiya bilan bog‘laydigan gaz quvurini mustahkamlashi mumkin. 

26 iyul kuni YeI Kengashi Yevrokomissiya tomonidan taklif qilingan 2022 yil 1 avgustdan 2023 yil 31 martgacha Yevropa Ittifoqi gaz iste’molini ixtiyoriy ravishda 15 foizga kamaytirish rejasini qabul qildi. 

Shuningdek, agar Yevropa Komissiyasi yetkazib berishni to‘xtatish xavfi bor deb hisoblasa va umummilliy signal e’lon qilsa, iste’molni bir xil 15 foizga qisqartirishning ikkinchi majburiy bosqichiga o‘tish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ursula fon der Lyayen

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing