Luvrda O‘zbekiston madaniy meroslari ko‘rgazmasi tashkil etiladi

Madaniyat-san’at

image

2021 yilda Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy meroslariga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. 

Mirziyoyevaga ko‘ra, ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 

“Nasib etsa, kelgusi yili tarixda ilk bor Parij javohiri, dunyo madaniyati va san’atining eng nodir namunalarini o‘zida jamlagan Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy meroslariga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi.

Bugun Luvrga tashrifimiz chog‘ida muzey direktori janob Jan-Lyuk Martines bilan uchrashdik va ushbu ko‘rgazmaning tashkiliy masalalarini muhokama qildik. 

Ko‘rgazma uchun muzeyning vaqtinchalik ekspozitsiya zallarida 310 ta eksponatlar uchun joy ajratiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2021 yilning oktyabr oyidan 2022 yilning fevraligacha davom etadigan ko‘rgazmada O‘zbekistonning butun dunyoga sochilgan eng nodir san’at namunalari va madaniy boyliklari birinchi bor yaxlit holatda namoyish etiladi”, deydi Saida Mirziyoyeva. 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing