Ekspert Lukashenko lavozimini qachon tark etishini taxmin qildi
Olam
−
09 Sentabr 2020
11198Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning lavozimini tark etishi bir necha oy, uzog‘i bir yil talab qilishi mumkin. Uning o‘zi qolishni istaydi, ammo bunga xayrixohlar unchalik ko‘p emas, deb ta’kidlamoqda Siyosiy tekshiruvlar xalqaro instituti direktori Yevgeniy Minchenko.
“O‘ylashimcha, bularning hammasi vaziyatga bog‘liq. Albatta, Lukashenko qolishni istaydi, ammo vaziyat bunga imkon berarmikan – bu katta savol. Fikrimcha, uning lavozimidan ketishi oylar ko‘pi bilan bir yilda hal bo‘ladi.baribir belarus rejimi uning shaxsida umrini yashab bo‘ldi”, deydi Minchenko.
Mutaxassisning ma’lum qilishicha, Lukashenkoning o‘zi tezda ketishi haqidagi gap-so‘zlar ortidan qolishi mumkinligiga ishonmoqda.
“Ammo undan tashqari, bunga qio‘iquvchan odamlar unchalik ko‘p emas”, deydi ekspert.
Ma’lumot uchun, 9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Rasmiy natijalarga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz yig‘ib, qayta saylandi. Ammo saylov o‘tkazilgan kuni mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi va bir oydirki tinmayotir.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15