Lukashenkoni haqorat qilgan erkak ikki yilga qamaldi
Olam
−
21 fevral 2022 5041 1 daqiqa
Belarus sudi Aleksandr Lukashenkoni haqorat qilgan va mulkga zarar yetkazgan erkakni ikki yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bergan.
“Brest prokuraturasi sudda 65 yoshli mahalliy fuqaro N.ga nisbatan tahqirlash va mulkka zarar yetkazish, davlat rahbarini ommaviy haqorat qilish, shu jumladan, o‘ta og‘ir jinoiy javobgarlikka tortish ayblovi bilan birlashtirilgan davlat ayblovini tasdiqladi”, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning aprelidan dekabrigacha sudlanuvchi binolarga Aleksandr Lukashenkoni haqorat qiluvchi va jinoyat sodir etishda ayblagan yozuvlarni chizgan.
“Brest shahrining Moskva tumani sudi ayblov hukmini chiqardi. N. umumiy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida jazo o‘tash uchun ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzida jami jinoyatlar uchun hukm qilindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hukm qonuniy kuchga kirmagan va uning ustidan shikoyat qilish mumkin.