Lukashenko YeOII sammitida Pashinyan bilan tortishdi (video)

Olam

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko kecha, 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan YeOII sammitida yig‘ilishga onlayn formatda qatnashgan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan tortishdi.

Armaniston 2024 yilda YeOII raisi hisoblanadi, ammo Pashinyan bir kun avval koronavirus tashxisi qo‘yilganligi sabab sammitga bormagan edi.

Suhbat boshida Lukashenko YeOIIning keyingi sammitini 2025 yilning may oyi oxirida Minskda o‘tkazishni taklif qilgan, lekin Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Minskdagi sammitga ham bormasligini aytgan.

“Agar kuzatuvchilar bizning ittifoqimizga qiziqish bildirsa, men ulardan televizor orqali biz bilan qanday hamkorlik qilishlarini aytmasdan yig‘ilishlarda qatnashishlarini so‘ragan bo‘lardim. Nikol Pashinyan, bu sizga tegishli emas, bilamizki, siz nafaqat soqolingizni oldirgansiz, balki biroz kasal bo‘lib qolgansiz. Shuning uchun biz sizni ittifoqimizning yangi a’zosi sifatida qabul qilamiz, hech bo‘lmaganda tashqi ko‘rinishda“, degan Lukashenko.

Bunga javoban Pashinyan Minskda Armaniston delegatsiyasi bo‘lmasligini aytgan.

“Muammo nimada? Armaniston Minskdan uzoqmi yoki sizni keltiradigan hech kim yo‘qmi? Agar kerak bo‘lsa, delegatsiyangizni yetkazib berishni tashkil qilamiz”,  deya javob qaytargan Lukashenko va arman tomonining taklifi ko‘rib chiqilishini aytgan.

“Nimani ko‘rib chiqish kerak? Siz mening arizamni ko‘rib chiqa olmaysiz, chunki mening arizam ko‘rib chiqilmaydi”, deb keskin javob qaytargan  Armaniston Bosh vaziri.

Shunda Armaniston Bosh vaziri televizor orqali ishtirok etishga rozi bo‘lgan. Lukashenko esa Minskda “televizor bo‘lmasligi” mumkinligini ta’kidlagan. Bunga Pashinyan: “Hech qanday muammo yo‘q”, deya javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, Nikol Pashinyan joriy yilning iyun oyida Belarusda Lukashenko hukmronlik qilar ekan, hech bir arman amaldori u yerga bormasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Nikol Pashinyan Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing