Lukashenko yangi og‘a topdimi? U dunyoni Si Szinpinga quloq solishga chaqiryapti

Olam

image

23 yoki 24 fevral kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Ukrainadagi mojaro bo‘yicha bayonot yoki nutq so‘zlaydi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko o‘zidagi ma’lumotlarga asoslanib, Xitoy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida so‘z ochdi.   

“Bilaman, bugun yoki ertaga Si Szinpin Ukrainadagi mojaro haqida bayonot yoki nutq so‘zlaydi. E’tibor bering, bu Xitoy siyosati uchun juda noodatiy qadam. Xitoyliklar har doim tartibli, ehtiyotkor. Ular kerak bo‘lmagan joyga bormaydilar”, deydi Lukashenko.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, agar Xitoy bu kutilgan, kerakli natijani bermasligini tushunsa, “bu yo‘nalishda qadam tashlamaydi”. 

Belarus fuqarosi Xitoyning Ukrainadagi mojaro bo‘yicha pozitsiyasi eshitilmasa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi. 

“Agar Xitoy rahbarining og‘zidan eshitiladigan ushbu xabar (Si Szinpinning Ukrainadagi mojaro bo‘yicha rejalashtirilgan nutqi) u murojaat qilganlar tomonidan eshitilmasa, bu ham jiddiy oqibatlarga olib keladi”, deydi u. 

U Si Szinpindan o‘z manziliga gap eshitadiganlarga bu so‘zlarga jiddiy qarashni va muayyan qadamlar tashlashni maslahat berdi.

“Bu mintaqada tinchlik uchun jiddiy ovoz bo‘ladi”, deydi Lukashenko.  

U Xitoy rahbarining bo‘lajak bayonoti AQSH Prezidenti Jo Baydenning Kiyevdagi so‘nggi nutqidan farqli ravishda qarama-qarshilikka qaratilmasligiga ishonch bildirmoqda.  

“Ishonchim komilki, bu nutq Xitoyning butun tinchliksevar siyosatining bosh yutug‘i bo‘ladi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, bu tinchliksevar siyosatning namunasidir. Yana bir bor Si Szinpin bu mojaro haqida nima deyishini tinglashni maslahat beraman. Eng ehtiyotkor tarzda, chunki Xitoyning bu bayonoti jiddiy oqibatlarga olib keladigan yangi qadam, original qadamdir”, deydi Lukashenko.

Uning ta’kidlashicha,  bugungi kunda dunyoda biron bir muammoni Xitoy ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi, chunki Xitoy o‘z global siyosatiga ega global davlatga aylangan. 

Shuni aytish o‘rinliki, Lukashenko doimiy ravishda o‘z intervyularida G‘arbni dunyodagi vaziyatni izdan chiqarishga urinishda ayblab, "katta og‘a"si Vladimir Putinni mintaqadagi asosiy tartibga soluvchi sifatida ko‘rsatib kelar edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing