Lukashenko yangi Konstitutsiya qabul qilinganda Prezident bo‘lmasligini aytdi

Jamiyat

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukasheno yangi Konstitutsiya qabul qilinganda u Prezident bo‘lmasligini ma’lum qildi.

“Men o‘zimga Konstitutsiya yasayotganim yo‘q. Yangi Konstitutsiya bo‘lganda men sizlar bilan Prezident bo‘lib ishlamayman. Shuning uchun, xotirjam bo‘ling, buni bosiqlik bilan qabul qiling”, degan Lukashenko Minskdagi 6-sonli shahar klinik shifoxonasi jamoasi bilan uchrashuvda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u yangi Konstitutsiya qabul qilinganda, kimdir saylovlarni soxtalashtirishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. 

“Hatto, bu men xohlayotgan natija bo‘lmayotganini bilsam ham. Nega? Chunki Belarus xalqi boshidan kechirishi kerak bo‘lgan narsalarni ko‘rishi lozim. Yaxshisi hozir, urushlarsiz, agar bizga bu urushni tashlashsa, yomon bo‘ladi”, degan Lukashenko.

U parlament saylovlarini partiya ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkazish va shunga muvofiq partiyalar tuzish bo‘yicha takliflarga izoh berdi. Lukashenkoning fikricha, bu tashabbuslarning amalga oshirilishi turli qarashlardagi guruhlar shakllanishi va jamiyatning bo‘linishiga olib kelishi mumkin. 

“Partiya ro‘yxati va boshqalar – bularning barchasi sen boshqalarda shuni ko‘rganingda yaxshi. Ammo siz xohlasangiz va xalq ovoz bersa, shunday bo‘ladi”, degan Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing