Lukashenko va Viktor Orban Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
Jamiyat
−
10 iyul 2023
3705O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqoti davomida faol va tizimli siyosiy aloqalarni davom ettirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni jadallashtirish, ishbilarmonlik va gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi boshqa muhim masalalar muhokama qilingan.
Vengriya Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevni kuni kecha bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezident saylovida qozonilgan g‘alaba bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Telefon muloqoti chog‘ida hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida kooperatsiya loyihalarini tezlashtirish, gumanitar va ta’lim almashinuvlarini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbir ishlab chiqish muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qilib, unda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va faol gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston rahbarini Prezident saylovida qozongan g‘alabasi bilan samimiy qutlab, O‘zbekistonga katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilagan
Bundan tashqari, o‘zaro savdo hajmi oshib, tibbiyot, farmatsevtika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan loyihalar soni ko‘payib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
LiveBarchasi