Lukashenko va Berdumuhamedov Kim Chen Inni tabrikladi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga KXDR tashkil topgan kun munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda “Belta” va “Neytralniy Turkmenistan” nashrlari xabar berdi. 

Lukashenkoning tabrigida aytilishicha, Minsk va Pxenyan o‘rtasidagi turli sohalardagi aloqalar mustahkamlanib, xalqaro tizimning ko‘p qutbli tartibga o‘tishini yanada yaqinlashtirgan.

Berdimuhamedov esa Kim Chen Inga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, butun mamlakat xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.

Ma’lumot uchun, bugun, 9 sentyabr kuni Shimoliy Koreya Respublikasi mustaqilligining 75 yilligini nishonlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 sentyabr kuni Pxenyanda shu munosabat bilan qurolli fuqaro mudofaa kuchlarining paradi bo‘lib o‘tgandi. Unda Kim Chen In, uning qizi Kim Chju E, Rossiya va Xitoy diplomatlari ishtirok etgandi. Paradda Rossiya armiyasining A. V. Aleksandrov nomidagi akademik ashula va raqs ansambli ham qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Turkmaniston Belarus' Lukashenko Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing