Lukashenko o‘zining maxsus xizmatlariga ishonmay qo‘shimcha xavfsizlik bo‘linmasini tuzdi
Olam
−
19 yanvar 2023
5977Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining maxsus xizmatlariga, xususan, Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasiga ishonmay qo‘shimcha yangi xavfsizlik bo‘linmasini tuzdi. Bu haqda Ukraina Milliy qarshilik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Lukashenko o‘z shaxsiy qo‘riqchilar bo‘linmasini kuchaytirishni maqsad qilgan.
“Belarus kuch doiralarida vaziyat yomonlashmoqda. Lukashenko unga suiqasd qilish haqidagi malumotlar fonida o‘zining maxsus xizmatlarini davlatga xiyonat qilishda gumon qilmoqda. Shu sababli u mamalakatdagi maxsus xavfsizlik xizmatidan tashkil topgan yangi shaxsiy xavfsizlik bo‘linmasi tuzdi”, deyiladi xabarda.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi