Lukashenko o‘ziga qarshi belaruslar sonini ochiqladi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko so‘nggi prezidentlik saylovlarida mamlakat aholisining aksariyati unga ovoz berganiga amin. 

Lukashenkoning fikricha, faqatgina 500 mingga yaqin belaruslar uni prezidentlik lavozimida ko‘rishni xohlamaydi. 

"Biz shunday odamlar borligini bilardik, ular ko‘pchilik emas edi, faqatgina yarim million. Ular oldin ham amaldagi prezidentga ovoz berishmagan. Aynan shu narsa so‘nggi saylovlarda sodir bo‘ldi. Ammo buni tushunishingiz kerak, 6 millionga yaqin odam amaldagi Hukumatga, amaldagi Prezidentga ovoz berdi", degan Lukashenko kecha, 28 yanvar kuni qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilishda.

U ko‘pchilikning fikri bilan hisob-kitob qilishga chaqirgan. 

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi Prezident va hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z pozitsiyasini e’lon qiladiganlar soni tobora ko‘paymoqda. 

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarus muxolifati vakillari Butunbelarus xalq yig‘ilishiga taklif qilinishi mumkin. 

"Delegatlar tanlandi, ammo, agar muxolifatdan kimdir qatnashib, mamlakat nomidan gapirishni istasa, biz ularni taklif qilamiz, shunga kelishdik. Yashiradigan hech narsamiz yo‘q. Jamiyat bizning pozitsiyamizni bilishi kerak", degan Lukashenko.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 11-12 fevral kunlari oltinchi marotaba Butunbelarus xalq yig‘ilishi o‘tkaziladi. 

Yig‘ilish ilk bor 1996 yilning oktyabr oyida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumdan oldin o‘tkazilgan. O‘shandan beri bunday uchrashuvlar har 5 yilda bir marta o‘tkazilib, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini tasdiqlaydi. 

Bunday uchrashuvlar 2001, 2006 va 2010 yillarda Prezident saylovlaridan biroz oldin o‘tkazilgan. Beshinchi Butunbelarus xalq yig‘ilishi 2016 yilning yozida Prezidentlik saylovlaridan so‘ng bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq, Belarus muxolifati g‘alaba uchun yangi rejalar tuzayotgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda 2020 yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo mamlakat xalqi bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu hozirgacha davom etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing