Lukashenko O‘zbekistonga yangi elchi yubordi
Olam
−
12:31
1167Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi. U kecha, 14 yanvar kuni kadrlar bo‘yicha tegishli qarorini qabul qildi.
Belarusning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari etib Sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Ogorodnikov yuborildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan Dmitriy Pinevich esa Belarusning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Lukashenko O‘zbekistonda ham Qozog‘istondagi kabi siyosat olib borilishi kerakligini ta’kidladi.
"Prezident Mirziyoyev bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Lekin biz ular bilan ishlashimiz kerak. Ishonchim komilki, u yerda katta faoliyat maydoni bor", dedi u.
Ma’lumot uchun, Belarusning O‘zbekistondagi elchisi sifatida Aleksandr Ogorodnikov 2018 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Leonid Marinich o‘rnini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning farmoniga muvofiq Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangandi.
Ma’rufaliyeva Mohimbegim
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar