Lukashenko Ukraina harbiylariga qaysi davlat rahbarlik qilayotganini aytdi 

Olam

image

Ukraina harbiy xizmatchilariga G‘arb va AQSH vakillari rahbarlik qilmoqda. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Yaponiyaning TBS telekompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

“Hozir men bunga aminman, ehtimol adashayotgandirman, vaziyatni bevosita Kiyevdan boshqarayotgan ma’lum odamlar allaqachon bor. Birinchi navbatda, frontda. Zelenskiy butun jarayonga rahbarlik qilmaydi. U yerda G‘arb va AQSH vakillari Rossiyaga qarshilik ko‘rsatib, harbiy amaliyotni to‘liq o‘z qo‘liga oldi”, degan Lukashenko. 

Zelenskiyning ishi 

Lukashenkoning aytishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatidagi jarayonlarni kam nazorat qiladi. 

“Men hozir faqat Volodya Zelenskiyga nisbatan o‘z nuqtai nazarimni bildirishim mumkin. Men u Ukrainadagi jarayonlarni ko‘p boshqarmasligiga ishonaman”, degan Lukashenko. 

Tinchlik uchun ovoz 

“Agar Qo‘shma Shtatlar tinchlik bo‘yicha pozitsiyani egallasa, Ukrainadagi janglar tezda tugaydi, ammo Amerika tomonidan bunday qaror qabul qilish ehtimoli juda past. Agar u (AQSH Prezidenti Jo Bayden) qo‘ng‘iroq qilsa, Amerika Ukraina yerida tinchlik o‘rnatish pozitsiyasini egallasa, urush juda tez tugashi mumkin. U qo‘ng‘iroq qilmaslikni ma’qul ko‘radi. Chunki Ukrainada rivojlanayotgan vaziyat amerikaliklar uchun juda foydali. Amerikaga kerak bo‘lgan narsa shu”, degan Lukashenko. 

Avvalroq, Lukashenko Rossiya va Belarus iqtisodiyot va harbiy sohada bir butunligini aytgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Lukashenko

Baholaganlar

1006

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing