Lukashenko soppa-sog‘. U xalqiga murojaat tayyorlayapti

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko xalqiga murojaat tayyorlayapti. Bu haqda “Kommersant’ FM” Prezident matbuot kotibi Nataya Eysmongga tayanib xabar berdi.

Belarusda 5 kundan beri norozilik namoyishlari va huquq tartibot organi xodimlari bilan to‘qnashuvlar davom etyapti. Namoyishchilar 9  avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijasidan norozi. Markaziy saylov komissiyasi bergan dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovda Lukashenko 80,08 foiz, Svetlana Tixanovskaya 10,9 foiz ovoz olgan.

Besh kundir davom etayotgan namoyishlarda 7 mingga yaqin odam hibsga olingan. Aksiya vaqtida bir kishi halok bo‘ldi va 250 dan ortig‘i jarohatlandi. Bugundan qo‘lga olinganlarni ozod qilish boshlandi.

Ichki ishlar vazirligi namoyishlar vaqtida 100 dan ortiq xodimlari shikastlanganini ma’lum qildi.

Belarus Tergov qo‘mitasi o‘z navbatida mamlakatdagi ommaviy namoyishlar o‘z-o‘zidan emas, maxsus tayyorlangan shaxslar tomonidan muvofiqlashtirilayotganini ta’kidlamoqda.

Lukashenko esa namoyishchilarning aksari ishsizlar ekanini aytmoqda. U mas’ullarga ishsizlarni ishga joylash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Kecha, 13 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Lukashenkoning salomatligi bo‘yicha tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, Prezident insult o‘tkazgan. Bunday xabarlar tarqalishiga Prezident Matbuot xizmatining davlat rahbari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda olingan suratda uning o‘zi ko‘rinmagani sabab bo‘ldi. Tarmoq foydalanuvchilari "amaldorlar Prezidentning o‘rindig‘i bilan gaplashishni boshlabdi", deya hazil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing