Lukashenko Shimoliy Koreyaga bormoqchi

Olam

image

Belaruslik Aleksandr Lukashenko bugun, 9 sentyabr kuni Koreya xalq demokratik respublikasi yetakchisi Kim Chen Inni KXDR tashkil topgan kun bilan tabrikladi va yaqin orada uning mamlakatiga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi.

“Yaqinda Pekindagi uchrashuvimizni iliqlik bilan eslayman. Davlatlararo munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun har ikki tomon uchun qulay bo‘lgan, eng yaqin vaqtda mamlakatingizga tashrif buyurishga tayyor ekanligimni tasdiqlayman. Umid qilamanki, Belarus-Koreya hamkorligi va xalqaro tashkilotlardagi birgalikdagi faoliyatimiz ikki xalq uchun ham manfaatli bo‘ladi, ishonch va o‘zaro tushunishning oshishiga yordam beradi”, deyiladi Lukashenkoning tabrigida.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, 1948 yilda suveren davlat deb e’lon qilinganidan buyon KXDR ko‘plab sinovlardan o‘tgan, bu esa mamlakat xalqi ruhiyatini yanada mustahkamlagan va ularga o‘z sub’ektivligi va o‘ziga xosligini saqlab qolish imkonini bergan. U, shuningdek, Minsk va Pxenyan o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish tarixi do‘stlik, teng huquqli muloqotga intilish, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning o‘xshashligi tamoyillariga asoslangan tinch o‘zaro hamkorlik namunasi ekanini ta’kidladi. Lukashenko Kim Chen Inga mustahkam sog‘lik va yangi yutuqlar, KXDR fuqarolariga esa tinchlik va farovonlik tiladi.

Ma’lumot uchun, 3 sentyabr kuni Xitoy poytaxtida parad boshlanishidan oldin Lukashenko va Kim Chen In bilan suhbatlashgan. O‘shanda Shimoliy Koreya yetakchisi Lukashenkoni o‘z mamlakatiga qulay vaqtda tashrif buyurishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya KXDR Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing